Bugun 12 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘lining moliyalashtirish shartlari e’lon qilindi

 “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘lining moliyalashtirish shartlari e’lon qilindi

Bugun Bishkekda kredit shartnomasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi.

Loyihaning umumiy qiymati 4,7 milliard dollarni tashkil etadi. Shundan $ 2,3 mlrd Xitoy banklari sindikati tomonidan 35 yillik kredit sifatida taqdim etiladi. Qolgan yarimi — uch davlat tomonidan yangi tashkil etilgan kompaniya ustav fondiga kiritiladi: Xitoy (51%), Qirg‘iziston va O‘zbekiston (24,5%dan).

Ta’kidlash joizki, ushbu temir yo‘l texnik va muhandislik jihatidan eng murakkab loyihalardan biridir. Chunki yo‘nalishning taxminan 40 foizi tunnellar va ko‘priklar orqali o‘tadi. Loyiha doirasida 50 ta ko‘prik va 29 ta tunnel qurish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 19:20 16.12.2025. O'qildi: 1498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!