Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Xitoy Putindan keyingi Rossiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda — WSJ

Xitoy Putindan keyingi Rossiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda — WSJ

The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy Rossiyada prezident Vladimir Putindan keyingi davrga tayyorgarlik ko‘rmoqda va kelajakda mamlakat siyosatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kuch markazlari bilan aloqalarni faol rivojlantiryapti.

Nashrning yozishicha, Pekin nafaqat Kreml bilan, balki Putin hokimiyatdan ketganidan keyin Rossiyaning siyosiy yo‘nalishini belgilashi mumkin bo‘lgan amaldorlar, elita va boshqa ta’sirli doiralar bilan ham munosabatlarni mustahkamlamoqda.

Shu bilan birga, maqolada Rossiyada Xitoy razvedkasi faoliyati va mahalliy amaldorlarni yollashga urinishlar bilan bog‘liq holatlar tobora ko‘proq aniqlanayotgani qayd etilgan. Biroq, nashr manbalariga ko‘ra, rasmiylar Pekin bilan strategik munosabatlarga putur yetkazmaslik maqsadida bunday holatlarni ommaga oshkor etmaslikka harakat qilmoqda.

The Wall Street Journal ushbu ma’lumotlarni o‘z manbalariga tayanib e’lon qilgan. Rasmiy Moskva va Pekin hozircha bu xabar yuzasidan izoh bermagan.

Kiritildi: 17:28 14.07.2026. O'qildi: 2878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!