Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Xitoy po‘lat mahsulotlariga eksport cheklovlarini joriy qiladi

Xitoy po‘lat mahsulotlariga eksport cheklovlarini joriy qiladi

Xitoy Savdo vazirligi 2026 yildan boshlab 300 ga yaqin po‘lat mahsulotlarini qamrab oluvchi eksport lisenziyalash tizimini joriy etishini e’lon qildi. Bu haqda ANEWZ xabar berdi.

Vazirlik cheklovlar sababiga aniqlik kiritmadi. Biroq bu qadam Yevropaning arzon Xitoy po‘lati va mamlakatdagi ortiqcha quvvatlarga oid tanqidiga javobdir.

Yangi tizimga ko‘ra, 1 yanvardan boshlab ayrim turdagi po‘lat mahsulotlarini eksport qilish uchun eksport lisenziyasi talab qilinadi.

Xitoyning po‘lat eksporti yanvar-noyabr oylarida o‘tgan yilga nisbatan 6,7 foizga o‘sib, 107 million tonnadan oshdi, bu Qo‘shma Shtatlar tomonidan joriy etilgan yuqori tariflarga qaramay sodir bo‘ldi.

Evropa rasmiylari uzoq vaqtdan beri Xitoy po‘latining narxini raqobatchilariga qaraganda ancha past deb tanqid qilib kelyapti. Ularning fikricha, bu qisman hukumat subsidiyalari tufayli Yevropa Ittifoqi po‘lat sanoatiga zarar yetkazyapti.

Kiritildi: 22:34 13.12.2025. O'qildi: 618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!