Xitoy "Shenchjou-19" boshqariladigan kosmik kemasini uchta taykonavt bilan orbitaga olib chiqdi.
Bu haqda Szyusyuan kosmodromining uchirish markazi rahbari Szou Lipen ma’lum qildi.
"Shenchjou-19" aniq belgilangan orbitaga kirdi, uning quyosh yelkanlari ochildi va kema normal ish rejimida ishlamoqda. Uchirish muvaffaqiyatli deb e’lon qilaman", — dedi rasmiy.
Boshqariladigan kosmik kema 30 oktyabr kuni Szyusyuan sun’iy yo‘ldoshini uchirish markazidan uchirilgan va mahalliy vaqt bilan soat 7:00 atrofida Xitoyning Tyangun orbital stansiyasi bilan tutashadi.
Stansiya uch kishiga mo‘ljallangan. U yer yuzasidan taxminan 400 km balandlikda joylashgan va og‘irligi 66 tonnani tashkil etadi, uning bo‘linmalari hajmi 110 kubometrga yetadi. Stansiya 2022 yilda ishga tushdi va 2032 yilda foydalanishdan chiqariladi.