Markaziy Osiyoda har bir yangi quyosh paneli va shamol turbinasi mintaqani Rossiyaning nefti va gaziga qaramligini kamaytiradi. Shu bilan birga, ularni Xitoyga yaqinlashtirmoqda, deb yozadi The Diplomat.
Shunday qilib, Xitoy Markaziy Osiyani suyultirilgan gaz ta’minotiga qaramligini kamaytirishga va energiya manbalarini diversifikasiya qilishga harakat qilmoqda.
«Biroq Xitoyning mintaqadagi ta’siri kuchayib borayotgani muammolardan xoli emas. Yevropa Ittifoqi va Fors ko‘rfazi davlatlari kabi boshqa kuchlarning raqobati, shuningdek, murakkab mintaqaviy dinamikani boshqarish zarurati - bularning barchasi potensial to‘siqlarni keltirib chiqaradi.
Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi energetik o‘zaro bog‘liqlikning tiklanishi mintaqaviy hamkorlikka yangi dinamika olib kelishi mumkin», deyiladi nashrda.