Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindi suvni qayta tozalash inshootini quryapti

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindi suvni qayta tozalash inshootini quryapti

O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida ekologik muhitni muhofaza qilishga qaratilgan yana bir muhim loyiha amalga oshirilmoqda. Xitoyning "Qingyan Environmental Technology" kompaniyasi tomonidan kuniga 40 ming kub metr chiqindi suvni tozalash quvvatiga ega zamonaviy inshoot qurilmoqda.

Mazkur majmua nafaqat suvni tozalash, balki havoni tozalash tizimlari bilan ham jihozlanadi. Unda to‘rtta texnologik zanjir izchillikda ishlaydi va bu tizim yirik sanoat zonalari hamda bo‘yoqxonalardan chiqadigan suvni samarali tozalash imkonini beradi.

Loyiha Yevropa ekologik standartlariga to‘liq mos bo‘lib, chiqindi suvning 60 foizi qayta ishlanadi. Tizimda hosil bo‘ladigan shlam (loy) maxsus quritilib, elektr energiyasi ishlab chiqarishda qayta foydalaniladi. Bu esa atrof-muhitga salbiy ta’sirni keskin kamaytiradi.

Loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda. Xitoylik hamkorlar inshootni 15 yil davomida boshqarib, suvni tozalash, kimyoviy ishlov berish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini to‘liq o‘z zimmasiga oladi. Bir kub metr suvni tozalash xarajati 1–1,2 AQSh dollari atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Qurilish ishlari 8 oy ichida yakunlanadi. Inshoot foydalanishga topshirilgach, mahalliy to‘qimachilik korxonalari ekologik toza suvdan foydalangan holda mahsulotlarini xalqaro standartlarga mos ravishda ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 14:14. O'qildi: 214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!