Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Nukus - Urganch poyezdi narxi 2 karra oshiriladi

Nukus - Urganch poyezdi narxi 2 karra oshiriladi

22 noyabrdan boshlab 6354-6353-sonli “Nukus–Urganch–Nukus” yo‘nalishida qatnovchi shaharlararo poyezdlari uchun chipta narxlari oshirilgan.

Yangi chipta narxlari:

  • Kattalar uchun — 40 000 so‘m;
  • Bolalar uchun — 21 500 so‘m.

Yangi tariflar xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida joriy etilayotgani aytilgan..

Shu yil 27 sentyabrda ishga tushirilgan ushbu yo‘nalishdagi poyezd narxlari ayni paytda kattalar uchun 20 ming so‘m, yosh bolalarga 11500 so‘mni tashkil etadi.

Poyezd ertalab Nukusdan soat 5:30 da jo‘nab, soat 8:50 da Urganchga yetadi. Urganchdan soat 15:30 da yurib, Nukusga 18:50 da kirib boradi.

Kiritildi: 23:19 07.11.2025. O'qildi: 1171 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!