Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

"Men Trampdan ham mashhurroqman"

A A A
 "Men Trampdan ham mashhurroqman"

“Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zini dunyodagi eng mashhur inson deb atagan. 40 yoshli futbolchi, shuningdek, Donald Tramp bilan uchrashishni istashini ham bildirgan.

“Donald Tramp dunyoni o‘zgartirishga yordam bera oladi. Men u bilan uchrashishni istardim. Unga bizda o‘xshashliklar borligini aytgan bo‘lardim. Men Trampdan ham mashhurroqman, men dunyodagi eng mashhur insonman. Hatto kichik orolda ham undan ko‘ra meni ko‘proq tanishadi. Dunyoda mendan mashhur odam yo‘q deb o‘ylayman. To‘g‘risini ayting, mendan mashhurroq biror kishini ayta olasizmi?” degan Ronaldu.

Kiritildi: 21:24 07.11.2025. O'qildi: 2831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik