Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Vengriyaning eng yirik neft-gaz kompaniyasi MOL Rossiyadan emas, boshqa manbalardan neftning katta qismini olishi mumkinligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda agentlik.
Kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, Xorvatiyadagi Adria quvur liniyasi Ukraina orqali o‘tuvchi Rossiyaning “Drujba” quvuri to‘xtatilgan taqdirda yetkazib berilayotgan neftning taxminan 80 foizini almashtira oladi.
Bu bayonot Vengriya bosh vaziri Viktor Orban va AQSh prezidenti Donald Tramp uchrashuvidan avval berildi. Avvalroq, Tramp Rossiyaning “Lukoyl” va “Rosneft” kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy qilgan edi.
Bloomberg agentligining qayd etishicha, MOL kompaniyasining bu bayonoti Vengriyaning hozirgacha “Rossiya neftiga muqobil yo‘q” degan pozisiyasidan chekinishini va ritorikadagi burilishni anglatadi.