Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Jizzaxda ota o‘g‘lining oliygohga kirganini eshitgach, aliment qarzini to‘ladi

Jizzaxda ota o‘g‘lining oliygohga kirganini eshitgach, aliment qarzini to‘ladi

Oilaviy kelishmovchiliklar sababli ajrashgan ba’zi ota-onalar farzandlari ta’minoti uchun belgilangan alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlaydilar. Bu esa, tabiiyki, farzand huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazadi.

Shunday holatlardan biri Baxmal tumanida kuzatildi. Sud qaroriga muvofiq, fuqaro R.A. voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga aliment to‘lashi kerak edi. Biroq u bu majburiyatini uzoq vaqt bajarmasdan, natijada 60 million so‘m qarzdor bo‘lib qoldi.

Majburiy ijro byurosi Baxmal tumani bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan ko‘rilgan amaliy choralar natijasida qarzdorning onasi tomonidan mazkur miqdordagi aliment puli to‘lab berilishi kerak edi.

Qizig‘i shundaki, R.A. farzandi oliygohga o‘qishga qabul qilinganidan suyunib ketib, qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘laganini aytdi. Uning "farzandim o‘qimishli bo‘lib yetishsa, bu pulni to‘laganimga afsuslanmayman", deb ta’kidlagan.

Kiritildi: 23:06 07.11.2025. O'qildi: 1270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!