Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Tojikistonda Didal muzligi tog‘dan pastga siljidi

Tojikistonda Didal muzligi tog‘dan pastga siljidi

Tojikistonda Tojikobod tumanidagi Didal muzligining katta qismi ajralib tushib, tog‘dan taxminan 5 km pastga siljidi, deb xabar berdi Gidrometeorologiya agentligi.

Muz bo‘lagi uzunligi 1,5 km, yeni 200 metr, balandligi 50 metrgacha bo‘lgan. Olimlar bu holatni havo haroratining ortishi bilan bog‘lashmoqda.

Mutaxassislar muzlik hali ham beqarorligini, bu esa ko‘chki va sel xavfini kuchaytirayotganini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun: Tojikiston hududining 93% tog‘lardan iborat bo‘lib, mamlakatdagi 14 mingga yaqin muzliklar Markaziy Osiyo suv manbalarida muhim o‘rin tutadi.

Kiritildi: 19:52 07.11.2025. O'qildi: 1502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!