Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Xitoy 2026 yilda Tayvanga bostirib kirmoqchi

Xitoy 2026 yilda Tayvanga bostirib kirmoqchi

Xitoy Tayvanga 2026 yil noyabrida hujum qilishi mumkin. Bu haqda Germaniyaning Bild nashri G‘arb razvedkasidagi manbalariga tayanib yozdi.

Manbalarga ko‘ra, kelgusi yil noyabr oyida AQShda bo‘lib o‘tadigan oraliq parlament saylovlari Amerikada siyosiy inqiroz va ichki tartibsizliklarga olib kelsa, bosqin boshlanishi mumkin.

Qayd etilishicha, Pekin Amerikadagi partiyalardan birining saylov natijalaridan noroziligi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy siyosiy inqirozga urush boshlash imkoniyati sifatida qaramoqda.

«Xitoy harbiy maqsadlar uchun ko‘p sonli fuqarolik paromlarini modernizasiya qilmoqda va 2026 yil oxirigacha 70 dan ortiq yirik parom qurishni rejalashtirmoqda. Agar Si Jinping Tayvanni boshqa yo‘l bilan qo‘shib olish mumkin emas deb hisoblasa, mamlakat harbiy bosqinni tanlaydi», dedi nashrga tahlilchi May-Britt Shtumbaum.

Tayvanning Germaniyadagi vakili Klement Gu Xitoydan kelayotgan tahdid yil sayin ortib borayotganini aytdi.

«Xitoy gibrid urushdan foydalanmoqda va umuman demokratiyaga va mintaqadagi barqarorlikka hujum qilmoqda. Hind-Tinch okeani mintaqasida Xitoydan kelayotgan tahdidni hisobga olgan holda, Tayvan AQSh kabi boshqa davlatlar bilan hamkorlikni olqishlaydi», dedi u Bild nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 22:55 07.11.2025. O'qildi: 1107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!