Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Xitoy kompaniyasi sun’iy intellektga ega ko‘zoynaklarni taqdim etdi

Xitoy kompaniyasi sun’iy intellektga ega ko‘zoynaklarni taqdim etdi

Xitoyning Alibaba kompaniyasi sun’iy intellekt (SI) tizimi bilan jihozlangan Quark S1 ko‘zoynaklari chiqarilishini e’lon qildi.

Bu haqda Bloomberg agentligi ma’lum qildi.

Quark S1 Alibaba tomonidan ishlab chiqilgan Qwen neyron tarmog‘iga asoslangan. Qurilmada foydalanuvchining atrofini suratga oladigan shaffof displeylar mavjud. SI ko‘zoynak orqali ko‘rinadigan tasvirga "kontekstli ma’lumot"ni qo‘shishga qodir. Qurilma 24 soat davomida qayta zaryadlanmasdan ishlashga mo‘ljallangan.

Quark S1ning ishga tushirilishi Alibabaning sun’iy intellekt bozoridagi mavqeini mustahkamlashi qayd etilgan. IDC tadqiqot direktori Sofi Panning ta’kidlashicha, kompaniyaning Xitoy bozoriga aqlli ko‘zoynaklar kiritilishi "shak-shubhasiz, raqobat muhitini o‘zgartiradi".

Alibaba mahsuloti Meta kompaniyasi tomonidan Amerikaning Ray-Ban brendi bilan hamkorlikda yaratilgan sun’iy intellektga ega ko‘zoynaklarga muqobil sifatida joylashtirilgan. Quark S1 narxi 537 dollarni tashkil qiladi.

Kiritildi: Bugun 10:10. O'qildi: 287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!