Xitoy inson tanasining yuqori qismi, oyoqlar o‘rnida to‘rtta g‘ildirak va orqa qismida yuk tashish uchun maxsus bo‘lmaga ega «Sagi» nomli robotni taqdim etdi.
Robot yuk tashish vaqtida ham qo‘llaridan erkin foydalana oladi. Bu unga bir vaqtning o‘zida yuk tashish va boshqa vazifalarni bajarish imkonini beradi.
Yangi robot logistika va xizmat ko‘rsatish sohalarida samaradorlikni oshirishi kutilmoqda.