Xitoy janubi-g‘arbida tog‘ yonbag‘irining o‘pirilishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana 34 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
«Sinxua» agentligi xabariga ko‘ra, ko‘chki 17 iyul kuni ertalab Penshuy uyezdida yuz bergan. Qutqaruvchilar ofat hududidan 18 kishini xavfsiz joyga olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.