Xitoy Isroilni Livandagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirmoqda — BMT yig‘ilishidagi bayonot.
Isroilning doimiy ravishda kuchayib borayotgan harbiy amaliyotlari natijasida 1200 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Quruqlikdagi operasiyalarni kengaytirish va "bufer zonasini" kattalashtirish haqidagi so‘nggi e’lon nizoni yanada keskinlashtirishi mumkin.
Xitoy tomoni G‘azo fojiasi takrorlanishining oldini olish uchun harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga va Livandan barcha kuchlarni olib chiqib ketishga chaqirdi. Bu haqda Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Fu Sun ma’lum qildi.