Xitoy Suriyaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lin Szyan brifingda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Blijniy Sharqdagi vaziyat yanada keskinlashishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlardan voz kechish lozim.
«Barqarorlikni ta’minlash uchun taranglikni oshiradigan harakatlardan saqlanish kerak», — dedi Lin Szyan.
Pekinning ushbu bayonoti Isroilning 16 iyul kuni Suriya poytaxti Damashq va uning yaqinidagi Qatana hududiga qilgan aviahujumlari ortidan yangradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Suriya janubidagi Es-Suvayda viloyatida 13 iyuldan beri druzlar va beduin qabilalari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda. Isroil ushbu ziddiyatlar fonida druzlar jamoasiga siyosiy va harbiy yordam ko‘rsatish niyatida ekanini bir necha bor ma’lum qilgan.
Isroil rasmiylari, jumladan Bosh vazir Binyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Israel Kas, Suriyaga nisbatan hujumlar yanada kuchaytirilishini ma’lum qilgan.
Isroil armiyasi 16 iyul kuni Damashqdagi Bosh shtab binosiga uch marta zarba berganini tasdiqladi. Zarbalar kunduzi bino kirish qismiga, keyinroq esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri binoga yo‘naltirilgan.