Bugun 6 dekabr, 2019 yil, juma

КИР

Xitoy hukumati uyg‘urlar haqida: “Shafqat qilinmasin”

Xitoy hukumati uyg‘urlar haqida: “Shafqat qilinmasin”

Xitoy rahbariyatining ichki foydalanish uchun mo‘ljallangan va uyg‘urlarni ta’qib qilishga bag‘ishlangan hujjatlari jurnalistlarning qo‘liga tushdi. Bu haqda New York Times xabar bermoqda.

Rasmiy Pekin Sharqiy Turkistonda ekstremizmga qarshi kurashda mo‘’tadil va insonparvar usullar qo‘llanayotganini aytib keladi, biroq matbuotga sizgan hujjatlar buning aksini ko‘rsatmoqda. Ichki yozishmalarda amaldorlarga radikalizmda gumon qilinganlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rish va xorijdan bo‘layotgan tanqidlarga parvo qilmaslik buyurilgan.

Jurnalistlarning qo‘liga tushgan 24 hujjatning hajmi 400 sahifadan oshadi. Ularning ichida Sharqiy Turkistondagi vaziyat bo‘yicha Xitoy rahbari Si Szinpin va boshqa amaldorlarning yopiq tadbirlardagi nutqlari, ko‘rsatmalar va hisobotlar bor. Hujjatlarni jurnalistlarga Xitoy siyosiy doirasining bir vakili yetkazgan va ismi oshkor etilmasligini so‘ragan.

Hujjatlarga ko‘ra, Xitoy rahbari ekstremizmga qarshi kurash «og‘riqli muolaja»ni taqozo etishini aytgan. “Hech ikkilanmay demokratik diktatura vositalaridan foydalanish zarur”, – degan u Sharqiy Turkiston bo‘yicha siyosatga bag‘ishlangan yig‘ilishlardan birida. Bundan tashqari, Si Szinpin separatizm va radikalizmga moyil kishilarga zarra qadar shafqat ko‘rsatmaslikni buyurgan.

Kiritildi: 10:53 19.11.2019. O'qildi: 2586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!