Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Xitoy hukumati ikki yuqori martabali harbiy amaldorga nisbatan tergov boshladi

 Xitoy hukumati ikki yuqori martabali harbiy amaldorga nisbatan tergov boshladi

Xitoy Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, hukumat Xitoy Markaziy harbiy kengashi raisi o‘rinbosari Chjan Yusya va Markaziy harbiy kengash Birlashgan shtabi rahbari Lyu Chjenliga qarshi tergov boshladi.

"Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Markaziy harbiy kengash raisi o‘rinbosari Chjan Yusya va Markaziy harbiy kengash Birlashgan shtabi boshlig‘i Lyu Chjenli intizom va qonunni jiddiy buzganlikda gumon qilinmoqda," - deyiladi vazirlik bayonotida.

Odatda Xitoy hukumati rasmiy bayonotlarida "intizomni jiddiy ravishda buzish" atamasi amaldor korrupsiyada gumon qilinganida ishlatiladi.

Kiritildi: Bugun 16:50. O'qildi: 200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!