Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

A A A
Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Ushbu kecha Ramazon oyining oxirgi o‘n kunining toq kechalarida kutiladi.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri kelishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

Ramazon oyining oxirgi 10 kunligi boshlandi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Laylatul qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kechasining toq (kecha)laridan izlanglar", deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Bu yilgi ramazon oyining oxirgi toq kechalari:

21 kecha: 10 mart (seshanba)dan — 11 mart (chorshanba)ga o‘tar kechasi;

23 kecha: 12 mart (payshanba)dan — 13 mart (juma)ga o‘tar kechasi;

25 kecha: 14 mart (shanba)dan — 15 mart (yakshanba)ga o‘tar kechasi;

27 kecha: 16 mart (dushanba)dan — 17 mart (seshanba)ga o‘tar kechasi;

29 kecha: 18 mart (chorshanba)dan — 19 mart (payshanba)ga o‘tar kechasi.

Kiritildi: Bugun 20:12. O'qildi: 1351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!