Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning boshqa bayonotlari:
▪️Tramp Putin bilan suhbatda Ukraina inqirozini hal qilishni so‘ramagan;
▪️ Ukraina bo‘yicha uch tomonlama muzokaralar formatini davom ettirish kerak;
▪️ Hamma Ukraina mojarosining tezroq hal qilinishidan manfaatdor;
▪️ Ukraina inqirozini hal qilish bo‘yicha uch tomonlama muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishning aniq sanalari va joylari hozircha no’malum;
▪️ Rossiya Yaqin Sharqdagi keskinlikni kamaytirishga yordam berishga tayyor va bundan mamnun bo‘ladi, ammo bu yerda ko‘plab tomonlar bilan kelishuv zarur;
▪️ Putin va Tramp AQShning Rossiya neftiga sanksiyalari mavzusini batafsil muhokama qilmadi.
Avvalro, Donald Tramp Putin bilan suhbati yaxshi o‘tganini aytgan edi.
AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, suhbat chog‘ida Putin Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirgan. Tramp, shuningdek, Ukraina mavzusining muhokamasi ijobiy bo‘lganini ta’kidladi.