Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

"Insoniyat uchinchi jahon urushi boshlanganini qabul qilishi kerak"

"Insoniyat uchinchi jahon urushi boshlanganini qabul qilishi kerak"

Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyakning ta’kidlashicha, fevral oyi oxirida AQSh va Isroilning Eron bilan urush boshlashi global mojaroni yanada kengaytirishi mumkin. Podolyak bu to‘qnashuv butun dunyo uchun uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishi ehtimoli yuqori ekanini aytdi.

Shu munosabat bilan Vlodimir Zelenskiy Kiyev osmonini himoya qilish masalasi bo‘yicha xavotir bildirdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaziyatda Ukraina havo himoyasi uchun zarur raketa va qurollarni olishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

Shu bilan birga, yaqin kunlarda dronlarga qarshi kurash bo‘yicha ukrainalik mutaxassislar Fors ko‘rfazi davlatlariga yo‘l olishi kutilmoqda. Ularning mintaqa mamlakatlariga ehtimoliy Eron zarbalaridan himoyalanishda texnik yordam ko‘rsatishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 17:07. O'qildi: 820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!