Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Xitoy harbiy samolyot va kemalari atrofda izg‘ib yuribdi” – Tayvan Mudofaa vazirligi

“Xitoy harbiy samolyot va kemalari atrofda izg‘ib yuribdi” – Tayvan Mudofaa vazirligi

14 avgust, yakshanba kuni Tayvan atrofida Xitoy armiyasining 22 ta harbiy samolyoti va 6 ta kemasi ko‘rindi, deya xabar beradi Tayvan Mudofaa vazirligi.

Agentlikning ta’kidlashicha, 11 ta samolyot Tayvan bo‘g‘ozidagi tomonlarning ta’sir zonalarini cheklovchi deb hisoblangan havo va dengiz chizig‘idan sharqqa va Tayvan havo mudofaasini aniqlash zonasining janubi-g‘arbiy qismida parvoz qilgan.

Xitoy havo va dengiz transport vositalari elektron kuzatuv uskunalari, patrul samolyotlari, kemalar va raketa tizimlari orqali kuzatilmoqda, dedi Tayvan Mudofaa vazirligi.

AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining 2 va 3 avgust kunlari Tayvanga tashrifi ortidan Xitoy orol atrofida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

Oltita tumanni qamrab olgan mashqlar orol atrofida amalda blokada yaratdi.

Ma’lumot uchun, Pelosi 25 yil ichida Xitoy bilan suverenitet mojarosida bo‘lgan orolga tashrif buyurgan AQSh Kongressi Vakillar palatasining birinchi spikeri bo‘ldi.

Kiritildi: 23:07 16.08.2022. O'qildi: 2952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!