Xitoy hukumati AQShning ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishga tayyorligi haqidagi bayonotlarini o‘rganmoqda.
Bu haqda Bloomberg agentligi Xitoy Xalq Respublikasi savdo vazirligiga tayanib xabar bermoqda.
Departamentning ta’kidlashicha, AQSh rasmiylari Xitoy tomoni bilan savdo bojlarini muhokama qilish uchun muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanliklarini bir necha bor bildirishgan.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Vashington Pekinga manfaatdor tomonlar orqali muzokaralarga tayyorligini bildirgan xabarlar yuborgan va Xitoy bu imkoniyatni o‘rganmoqda.
23 aprel kuni Tramp Vashington Xitoy tovarlariga bojlarni kamaytirishini, biroq bu stavka nolga teng bo‘lmasligini aytdi. Oq uy rahbari Xitoydan olib kelinayotgan tovarlarga joriy yig‘im bojlarini juda yuqori deb atadi.