Qo‘shma Shtatlar “Yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risida”gi shartnomaga muvofiq, o‘z yadroviy qurollarini Yevropa mintaqasidan olib chiqishi kerak.
Bu haqda XXR qurol-yarog‘ nazorati departamenti rahbari Fu Sun ma’lum qildi, – deb yozadi “TASS”.
AQSh Yevropadan barcha yadro qurollarini olib chiqib ketishi va boshqa mintaqalarda yadro qurolini joylashtirishdan tiyilishi kerak, – dedi Fu Sun.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, NATOga a’zo davlatlarning birgalikdagi yadroviy missiyalari “Yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risida”gi shartnomani buzish hisoblanadi va bu yadroviy mojaroga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.
– Vashingtonning Yevropadan o‘rnak olib, Uzoq Sharq mintaqasida yadro qurolini joylashtirishga urinishi mintaqa davlatlari tomonidan javob qaytarilishiga sabab bo‘ladi, – dedi Fu Sun.