Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Xitoy AQSh bojlariga qarshi koalisiya tuzmoqchi — Reuters

Xitoy AQSh bojlariga qarshi koalisiya tuzmoqchi — Reuters

Agentlikning manbalariga tayanib xabar berishicha, Xitoy diplomatlariga Qo‘shma Shtatlarning savdo siyosatiga qarshi yo‘naltirilgan kampaniyani ishlab chiqish topshirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pekin allaqachon Vashingtonning ittifoqchilari bo‘lgan Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va Janubiy Koreya bilan aloqalar o‘rnatgan.

"Xitoy raisi Si Jinpin hozirda janubi-sharqiy Osiyodagi yirik sanoat va yig‘uv markazlaridan biri bo‘lgan Vyetnamda tashrif bilan bo‘lib turibdi. Vyetnamga import qilinadigan mahsulotlarning aksariyati Xitoydan keladi, mamlakatning asosiy eksport bozori esa AQSh hisoblanadi. Bu Si Jinpinning so‘nggi 18 oy ichida Xanoyga ikkinchi tashrifi bo‘lib, ushbu tashrif Xitoyning milliardlab sarmoya kiritgan strategik qo‘shnisi bilan munosabatlarni mustahkamlashiga qaratilgan", deya ta’kidlaydi Reuters.

Si Jinpin Vyetnamdan so‘ng Malayziya va Kambodjaga tashrif buyurishni rejalashtirgan. Bu Pekinning yangi ittifoq tuzishga intilishi sifatida baholanmoqda. Kambodja va Malayziya ham Trampning savdo siyosatidan zarar ko‘rmoqda, mazkur davlatlarning Qo‘shma Shtatlarga eksport qiladigan mahsulotlariga boj stavkalari mos ravishda 49 foiz va 24 foizni tashkil etgan.

Kiritildi: 16:25 14.04.2025. O'qildi: 920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!