Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Xitoy Amerika neftidan butunlay voz kechadi

Xitoy Amerika neftidan butunlay voz kechadi

AQSh va XXR o‘rtasidagi savdo mojarosining keskin tus olishi natijasida yaqin kelajakda Xitoyga AQSh neftini yetkazib berish deyarli to‘xtaydi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

So‘nggi bir necha yil ichida AQShdan Xitoyga neft importi hajmi oshib borgan edi, biroq 2025 yilda - AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bojxona to‘lovlarini oshirganidan so‘ng - pasayish boshlandi.

Vortexa maslahat kompaniyasi tahlilchisi Ivan Metyusning aytishicha, "agar joriy tariflar darajasi saqlanib qolsa, yaqin oylarda Xitoyga AQSh xom nefti importi nolga tushishi mumkin." AQShdan yoqilg‘i yetkazib berish Xitoy uchun "hayotiy muhim ahamiyatga ega emas" - 2025 yilning dastlabki oylarida XXR umumiy importining atigi 1 foizini tashkil etgan. Endi esa dunyoning ikki yirik iqtisodiyoti o‘rtasidagi savdo urushining keskinlashuvi fonida bu manba ham qurib bormoqda.

Kiritildi: 22:17 10.04.2025. O'qildi: 1394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!