Xitoy raisi Si Szinpin Afrika davlatlariga 60 mlrd dollarlik moliyaviy yordam ajratishni taklif qildi. Bu haqda Xitoy-Afrika hamkorligi forumidan Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
“Xitoy-Afrika hamkorligi Xitoy va Afrika odamlariga ko‘rish va his qilish mumkin bo‘lgan foyda va muvaffaqiyat taqdim qilishi kerak”, deb aytgan Xitoy raisi.
Si Szinpin Xitoy Afrikada ekologiya sohasida 50 ta loyihani amalga oshirib, atrof-muhitni saqlash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga e’tibor qaratadi. U, shuningdek, Xitoy Afrika ittifoqiga bepul harbiy yordam taqdim qilishni davom ettirib, tinchlik va xavfsizlik jamg‘armasini tashkil qilishga va’da bergan.
Jon Xopkins universitetining istiqbolli xalqaro tadqiqotlar maktabi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy 2000 yildan 2016 yilgacha davr ichida Afrikaga 125 mlrd dollarga yaqin mablag‘ ajratgan.
Manba: kun.uz