BBC xabariga ko‘ra, 1 maydan boshlab Xitoy 53 ta Afrika davlatiga nisbatan bojlarni nolga tushirdi.
Faqat Tayvan bilan aloqani uzmagan Esvatini bu ro‘yxatga kiritilmadi.
Mazkur tartib 2028 yil 30 aprelgacha amal qiladi. Pekin buni Afrika uchun yaratilgan eng katta savdo imtiyozlaridan biri sifatida ko‘rsatmoqda.
Tahlilchilarga ko‘ra, qaror tufayli Afrika eksporti oshsada, qit’aning Xitoy bilan savdo taqchilligi allaqachon $100 milliarddan oshgan.