Xayfa neft qayta ishlash zavodi (NPZ) Isroilning eng yirik va muhim yoqilg‘i ob’ektlaridan biri hisoblanadi. U mamlakatdagi 50–60% yoqilg‘i (taxminan 60% dizel va 50% benzin) ta’minotini ta’minlaydi.
Zavod kuniga taxminan 197 000 barrel neft qayta ishlaydi, ya’ni Isroilning transport, aviasiya va harbiy sohalaridagi yoqilg‘i asosan shu zavodga bog‘liq.
Xayfa NPZ nafaqat iqtisodiy, balki strategik ahamiyatga ega bo‘lib, uning barqaror ishlashi mamlakatning energetika xavfsizligi uchun muhimdir.