Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron Saudiya Arabistoni va Qatardagi neft-gaz infratuzilmasiga kuchli zarbalar berdi

Eron Saudiya Arabistoni va Qatardagi neft-gaz infratuzilmasiga kuchli zarbalar berdi

Isroilning gaz qazib olish infratuzilmasiga hujumlariga javoban Eron Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi ob’ektlarga zarba berdi.

Zarbalardan biri dunyodagi eng yirik suyultirilgan tabiiy gaz markazlaridan biri hisoblanuvchi Qatarning Ras-Laffan portiga berilgan.

Bundan tashqari, Eron Saudiya Arabistoniga ham hujum qildi. Ar-Riyod aholisi ijtimoiy tarmoqlarda zarba berilgan lahzalar aks etgan videolarni joylamoqda.

Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi to‘rtta ballistik raketa urib tushirilganini ma’lum qildi.

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAdagi neft-kimyo zavodlari xodimlaridan zudlik bilan evakuasiya qilishni talab qildi va mintaqadagi AQSh bilan bog‘liq barcha energiya infratuzilmasini yo‘q qilishga va’da berdi.

Kiritildi: Bugun 11:39. O'qildi: 729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!