The Washington Post ma’lumotiga ko‘ra, Pentagon Oq uyga Eron bilan urushni moliyalashtirish uchun 200 milliard dollar ajratish bo‘yicha so‘rov yuborgan. Ushbu mablag‘lar, jumladan, Eronga berilgan zarbalar davomida sarflangan muhim qurollar ishlab chiqarishni zudlik bilan oshirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Nashr bilan suhbatlashgan ayrim amerikalik amaldorlarning fikricha, Pentagonning bunday so‘rovi Kongressda tasdiqlanish uchun real imkoniyatlarga ega emas.
Avvalroq Financial Times Tramp ma’muriyati Eron bilan urush boshlanganidan beri bir necha yillik muhim o‘q-dori zaxiralarini sarflab yuborganini xabar bergan edi.