Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq yarim himoyachisi, hozirda futbol murabbiyi Xavi Ernandes 2026 yilgi jahon chempionati favoritlari haqida fikr bildirdi.
"Kim favorit? Menimcha, Ispaniya va Argentina terma jamoalari g‘oliblikka da’vogarlik qiladi. Bular mundialning asosiy favoritlari," - deya Ernandesning so‘zlarini keltiradi Marca gazetasi.
Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati 2026 yilning yozida Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi.