«Barselona» klubi sobiq yarimhimoyachisi va ustozi Xavi Ernandes faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin edi, deb xabar beradi Via Times of India.
Manbaga ko‘ra, 45 yoshli mutaxassis Hindiston bosh murabbiyligiga o‘zini taklif qilgan. Ammo tomonlar maosh masalasida kelisha olishmagan.
FIFA reytingida 133-o‘rinni egallab turgan hindlar Xaviga uning moliviy talablarini qanoatlantira olmasliklarini ma’lum qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, murabbiy 2024 yil yozida Kataloniya klubidan iste’foga chiqarilganidan beri ishsiz bo‘lib turibdi.