Qo‘shma Shtatlar Burkina-Faso, Mali, Niger, Janubiy Sudan, Suriya, Laos va Serra-Leone fuqarolariga mamlakatga kirishni to‘liq taqiqladi.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan chiqarilgan va Oq uy saytida e’lon qilingan farmonda ma’lum qilingan.
Farmon shuningdek, 15 mamlakat fuqarolari uchun qisman viza cheklovlarini joriy etadi: Angola, Antigua va Barbuda, Benin, Kot-d’Ivuar, Dominika, Gabon, Gambiya, Malavi, Mavritaniya, Nigeriya, Senegal, Tanzaniya, Tonga, Zambiya va Zimbabve.
Ijroiya qarorida aytilishicha, AQSh Turkmaniston fuqarolari uchun noimmigrasion vizalar bo‘yicha taqiqni bekor qilgan, shu bilan birga bu mamlakat fuqarolarining immigrant sifatida kirishini to‘xtatgan.
Ilgari xuddi shunday taqiqlar Afg‘oniston, Myanma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolariga ham kiritilgan edi. Ushbu choralar o‘z kuchida qoladi.