Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Xavi «Barselona» boshqaruviga o‘tishi mumkin

Xavi «Barselona» boshqaruviga o‘tishi mumkin

«Barselona» klubi sobiq yarim himoyachisi, ayni vaqtda Qatarning «As Sadd» klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan Xavi kelasi hafta kataloniyaliklar boshqaruviga o‘tishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Muhammad Nahlexning "Tvitter"dagi sahifasiga asoslanib xabar berib o‘tildi.

39 yoshli Xavi uchun «Al-Duhail»ga qarshi shahzoda kubogi finalida kechadigan bahs «As-Sadd» boshqaruvida o‘tadigan so‘nggi uchrashuvi bo‘lishi kutilmoqda. «Barselona» bilan aynan shunga kelishib olingan.

Xavining agenti ayni damda Dohada «Barselona» bilan bo‘lajak shartnomaning so‘nggi tafsilotlarini muhokama qilmoqda. Tomonlar deyarli kelishib bo‘lgan va kelgusi hamkorlikning faqat kichik tafsilotlarini hal qilishlari kerak.

Kiritildi: 17:30 12.01.2020. O'qildi: 1879 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!