Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xavi Angliyaga o‘tishni istamoqda

Xavi Angliyaga o‘tishni istamoqda

"RB Leypsig"ning hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons qayerda o‘ynashni istayotganini allaqachon hal qilib bo‘lgan.

"Bavariya", "Manchester Siti" va boshqa klublarning qiziqishiga qaramay, 22 yoshli futbolchi "Chelsi" bu transferni yopishini kutmoqda, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano.

Niderlandiyalik futbolchi yozda Enso Mareska jamoasiga o‘tishga qaror qilgan va rejalarini o‘zgartirish niyatida emas.

Futbolchi iyul oyida "ko‘klar"ga o‘z roziligini bergan edi. "Chelsi" va "RB Leypsig" hali Xavi Simonsning transferi bo‘yicha ba’zi tafsilotlarni kelishib olishmayapti.

Kiritildi: 10:22 17.08.2025. O'qildi: 817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!