Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xavfli "superzamburug‘" Yevropa bo‘ylab tarqala boshladi

Xavfli "superzamburug‘" Yevropa bo‘ylab tarqala boshladi

O‘ta chidamli, xavfli zamburug‘ Trichophyton indotineae Yevropa bo‘ylab tarqalib, "superzamburug‘" deb nomlanadi.

Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Manchester universitetining yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi Devid Denningning so‘zlariga ko‘ra, bu turdagi zamburug‘ qizil, qichiydigan toshmalar keltirib chiqaradi. Ular birinchi navbatda son va dumbalarda paydo bo‘ladi.

Nashrning ta’kidlashicha, Buyuk Britaniyada Trichophyton indotineae infeksiyasi so‘nggi uch yil ichida qariyb 500 foizga oshgan. Zamburug‘dan infeksiyalangan odam bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish, ifloslangan yuzalar orqali yoki jinsiy aloqa orqali tarqaladi.

Denning zamburug‘ tarqalishi butun dunyo bo‘ylab katta muammoga aylanishiga ishonch bildirdi.

Kiritildi: Bugun 12:00. O'qildi: 360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!