Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Xarbin-2025: o‘zbekistonlik sportchi yana ikki startni omadli o‘tkazdi

Xarbin-2025: o‘zbekistonlik sportchi yana ikki startni omadli o‘tkazdi

Xarbindagi qishki Osiyo o‘yinlarida hamyurtimiz Daniil Yeybog yana ikki yo‘nalishda startga chiqdi va ularni omadli yakunladi.

Short-trekchimiz 500 metr masofada kechgan saralash dasturida 41,143 soniya, 1000 metr masofada esa 1:29:268 daqiqa bilan har ikki yo‘nalishda chorak finalga yo‘l oldi. U ikkala yo‘nalishda ham o‘z guruhida ikkinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Daniil Yeybog mamlakatimiz delegasiyasining Xarbin-2025 dagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshlab berib, 1500 metr masofaga kechgan poyganing chorak finalida 2:30:60 daqiqalik natijani qayd etib, yarim finalga yo‘l olgandi.

Kiritildi: 13:22 07.02.2025. O'qildi: 1092 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!