7-14 fevral kunlari Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston delegasiyasi musobaqada o‘z tarixidagi eng katta tarkib — 6 sport turida 24 nafar atlet bilan ishtirok etadi.
Qishki Osiyo o‘yinlarida ishtirok etuvchi O‘zbekiston delegasiyasi a’zolari:
Short-trek: Daniil Yeybog va Denis Ayrapetyans;
Konkida yugurish: Danila Semerikov;
Tog‘ chang‘isi: Medet Nazarov, Arman Gayupov, Nikita Gorkovskiy, Sabina Rejepova, Valeriya Kovalyova, Kseniya Grigoreva, Mariya Morozova;
Chang‘i alpinizmi: Mohinur Aralova, Feruza Boboqulova, E’zoza Shaymardanova, Asila Shoyimova, Jasur Shamsiddinov, Maqsudxon Akobirov, Shohruh Sardorov, E’zozbek Xushvaqtov.
Figurali uchish: Yekaterina Geynish, Dmitriy Chigirev, Niginabonu Jamoliddinova, Sevinch Rahimova;
Biatlon: Rolan Raimqulov, Dilmurod Abdurahmonov.