Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Xanter Bayden AQShni tark etdi: Sobiq prezidentning o‘g‘li millionlab qarzlarini to‘lay olmasligini bildirdi

Xanter Bayden AQShni tark etdi: Sobiq prezidentning o‘g‘li millionlab qarzlarini to‘lay olmasligini bildirdi

AQShning sobiq prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Bayden 17 million dollar miqdoridagi qarzini to‘lay olmasligi haqidagi bayonotlar fonida o‘z faoliyatini to‘xtatib, mamlakatni tark etdi. Bu haqda Daily Mail nashri uning advokati Barri Kobern tomonidan Vashington sudiga taqdim etilgan hujjatga tayanib xabar bermoqda.

Mazkur hujjat Xanter Baydenning sobiq «Winston & Strawn» yuridik firmasi bilan bog‘liq ishi doirasida taqdim etilgan.

«Janob Bayden chet elda yashamoqda... u qarzni to‘lashga qurbi yetmaydi», — deyiladi sud hujjatida.

Himoya tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, Xanter Bayden yuristlar oldidagi 50 ming dollardan ortiq qarzini ham to‘lamagan.

Kiritildi: Bugun 19:02. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!