Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

XAMAS: "G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga almashishni maqsad qilganmiz"

A A A
XAMAS: "G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga almashishni maqsad qilganmiz"

Misrning Sharm ash-Shayx shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Falastinning XAMAS harakatining ustuvor yo‘nalishlari G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va isroillik garovga olinganlarni falastinlik mahbuslarga almashtirishdan iborat.

Misrning "Al-Qohira al-Ixbariya" telekanali xabar berishicha, bu haqda guruh muzokaralar delegasiyasi rahbari Xalil al-Hayya ma’lum qilgan.

"Biz aniq maqsad bilan keldik: urushni tugatish, asirlarimizni ozod qilish va isroillik garovga olinganlarni ozod qilish. Biz Isroil agressiyasi butunlay to‘xtashiga ishonch hosil qilishimiz kerak", - deya ta’kidladi u.

Kiritildi: 07:45 08.10.2025. O'qildi: 1280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!