Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Xalqaro Kurash Assosiasiyasi Prezidenti iste’foga chiqdi

Xalqaro Kurash Assosiasiyasi Prezidenti iste’foga chiqdi

IKA Prezidenti Hayder Farman oilaviy hamda boshqa ish majburiyatlari sababli Xalqaro Kurash Assosiasiyasi Prezidenti lavozimidan rasman iste’fo berdi.

U o‘zining iste’fo xatida IKA Boshqaruv qo‘mitasi hamda butun Dunyo Kurash oilasiga faoliyati davomida bildirilgan ishonch va hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, uning rahbarligi davrida Kurash sportini xalqaro miqyosda rivojlantirish, ommalashtirish va tashkilot salohiyatini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilgan ishlarni alohida qayd etdi.

IKA Ustaviga muvofiq, IKA Birinchi vise-prezidenti Ziyoviddin Hojiniyazovning zimmasiga vaqtinchalik Prezident vazifasini bajaruvchi (Acting President) vakolati yuklatildi.

U navbatdagi IKA Kongressigacha, prezidentlikning qolgan muddati doirasida tashkilotni boshqaradi. Mazkur Kongressda tashkilotning keyingi rahbariyati masalasi a’zolar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Xalqaro Kurash Assosiasiyasi Hayder Farmaning Kurash sporti rivojiga qo‘shgan hissasini yuksak baholab, uning xizmatlarini minnatdorlik bilan e’tirof etadi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi.

Kiritildi: 10:25 17.06.2026. O'qildi: 1494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!