Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan faoliyatlar muhokama qilindi

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan faoliyatlar muhokama qilindi

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida har bir soha faoliyatida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanmoqda. Mazkur jarayonda aksi-korrupsiya oyligi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan "O‘zbektelekom" AK hamkorligida 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil qilindi.

Soha faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, korrupsion harakatlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish maqsad qilingan tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umid Mavlyanov hamda Kompaniya rahbariyati ishtirok etdi.

Tadbir doirasida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar e’tirof etildi va tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan bir guruh ichki nazorat va komplayens bo‘linmalari vakillari taqdirlandi.

Davra suhbatidagi asosiy qismda joriy yilning noyabr oyida "O‘zbektelekom" AKda sertifikatsiya auditi o‘tkazilganligiga e’tibor qaratildi va uning natijasida Kompaniyaning integrasiyalangan boshqaruv tizimi xalqaro standartlar talablariga muvofiqligi yuzasidan Cert International sertifikatsiya organi tomonidan ijobiy xulosa berilganligi alohida ta’kidlandi.

Shunga ko‘ra, tadbir davomida kompaniyaga – atrof-muhit samaradorligini oshirish (ISO 14001), energiya resurslaridan foydalanishni optimallashtirish va energiya xarajatlarini kamaytirish (ISO 50001), mehnat sharoitlarini yaxshilash, jaraxatlar va kasbiy xavflarni kamaytirish (ISO 45001) hamda korporativ ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirish (ISO 26000) xalqaro standartlari talablarini o‘zida mujassam etgan integrasiyalangan boshqaruv tizimi uchun muvofiqlik sertifikatlari ham rasman topshirildi.

Kiritildi: Bugun 15:12. O'qildi: 126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!