Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Xonga qarshi tergovda jiddiy qonunbuzarliklar aniqlandi

Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Xonga qarshi tergovda jiddiy qonunbuzarliklar aniqlandi

Associated Press (AP) xabar berishicha, Xalqaro jinoyat sudi (XJS) prokurori Karim Xonga qarshi olib borilgan ichki tergov uning xizmat vazifalarini jiddiy buzgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Tergov jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha bildirilgan ayblovlar asosida boshlangan bo‘lib, taxminan 18 oy davom etgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, XJS prokuraturasi faoliyatida “jiddiy qonunbuzarlik” va “xizmat vakolatlarini og‘ir buzish holatlari” aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu xulosaga Rim statuti ishtirokchi davlatlari Assambleyasi byurosi kelgan. Aynan shu organ avvalroq Karim Xonni vaqtincha lavozimidan chetlatish qarorini ham qabul qilgan edi.

Karim Xon esa o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib, qarorni “noqonuniy, prosessual jihatdan adolatsiz va dalillar bilan tasdiqlanmagan” deb atagan. U o‘zini himoya qilish va qarorga qarshi chiqish uchun barcha huquqiy choralarni ko‘rishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Karim Xon Xalqaro jinoyat sudi tomonidan ayrim yuqori darajadagi xalqaro ishlar, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan chiqarilgan hibsga olish orderi bilan ham tanilgan.

Tergov natijalari Xalqaro jinoyat sudi ichki boshqaruvi va prokuror faoliyati atrofidagi bahslarni yana bir bor kuchaytirdi.

Kiritildi: 22:01 09.06.2026. O'qildi: 190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!