Bugun 16 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Xalqaro boks assosiasiyasi rahbari Trampni o‘g‘lini to‘yiga yuz minglab dollar sarfladi

Xalqaro boks assosiasiyasi rahbari Trampni o‘g‘lini to‘yiga yuz minglab dollar sarfladi

Xalqaro boks assosiasiyasining Moskva bilan yaqin aloqalarga ega rahbari Trampni o‘g‘lini to‘yiga yuz minglab dollar sarfladi.

AQSh prezidenti Donald Trampning o‘g‘li Kichik Donald Trampning Bagama orollarida o‘tkazilgan to‘yi xarajatlarining bir qismini rossiyalik tadbirkor va Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) rahbari Umar Kremlyov to‘ladi. Bu haqda ProPublica nashri tegishli hujjatlar va marosim tafsilotlaridan xabardor bo‘lgan uchta manbasiga tayanib yozmoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Kremlyov “yuz minglab dollarlik” xarajatlarni, jumladan, orol ijarasi (bir kecha uchun qariyb 100 ming dollar), mushakbozlik (taxminan 70 ming dollar) va tadbirni tashkillashtirishni o‘z zimmasiga olgan. To‘lov IBA bilan bog‘liq bo‘lgan Dubaydagi tuzilma tomonidan amalga oshirilgan. To‘y xarajatlarini Kichik Trampning o‘zi ham to‘lashi mumkin edi, Forbes uning boyligini 300 million dollarga baholaydi.

"Kichik Trampning so‘zlariga ko‘ra, tadbirga “faqat yaqin do‘stlar” — jami 50 ga yaqin mehmon yig‘ilgan. Biroq, mehmonlar orasida rus tilida so‘zlashuvchi katta guruh bo‘lgan va ularning ishtiroki boshqa taklif qilinganlarni hayratda qoldirgan. Bu guruh tarkibida "ingliz tilida yomon gapiradigan" Kremlyov ham bor edi", deb yozadi ProPublica.

Kichik Donald Trampning vakili Kremlyovni "Donning shaxsiy do‘sti" deb atadi va ularni "boksga hamda tabiat qo‘ynida dam olishga bo‘lgan umumiy muhabbat zaminidagi mutlaqo shaxsiy munosabatlar" bog‘lab turishini ta’kidladi. AQSh prezidentining boshqa o‘g‘li Erik Trampning vakili esa Kremlyovning ismini hech qachon eshitmaganini ma’lum qildi.

Kremlyov IBA'ga 2020 yildan buyon rahbarlik qilib keladi. Uning davrida tashkilot Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasidan o‘nlab million dollar olgan. 2023 yilda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi IBA'ni boks bo‘yicha olimpiya turnirlarini o‘tkazish huquqidan mahrum qildi, bunga boshqa sabablar qatorida tashkilotni moliyalashtirishning shaffof emasligi ham sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 20:55 14.09.2026. O'qildi: 731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!