Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali yakunlandi

A A A
Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali yakunlandi

Bugun, 21 aprel kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivalining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nuriddinov bunday ijodiy loyihalar milliy tasviriy san’atimizda erishilgan yutuqlarni sarhisob qilish imkonini berganini ta’kidladi.

Bir hafta mobaynida poytaxtimiz ko‘rgazma zallarida qiziqarli ko‘rgazmalar, ijodiy muloqotlar, davra suhbatlari, ijodiy anjumanlar, mahorat darslari, milliy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ayni paytda qiziqarli taqdimotlar, ochiq osmon ostidagi mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Yurtimiz va xorijlik rassomlar bilan o‘zaro hamkorlikning yangi istiqbollari belgilandi.

Festival yakunida g‘oliblar ko‘plab nominasiyalar bo‘yicha diplom hamda esdalik sovg‘alari, oltin, kumush, bronza medallari, rag‘batlantiruvchi diplomlar bilan taqdirlandi.

Kiritildi: 17:23 21.04.2023. O'qildi: 2042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!