UzAuto Motors kompaniyasining rasmiy veb-saytiga xakerlik hujumi uyushtirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur hujum sababli saytining bosh sahifasida nosozlik yuzaga kelgan.
“Kompaniya mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan tezkor sa’y-harakatlari natijasida qisqa fursatlarda rasmiy veb-sayt o‘z faoliyatini tikladi”, - deyilgan xabarda.
Xabarda hozirda sayt avvalgiday o‘z faoliyatini davom ettirayotgani qo‘shimcha qilingan.