Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Xakerlar kriptobirjadan 15 million dollar "uxlatishgan"

A A A
Xakerlar kriptobirjadan 15 million dollar "uxlatishgan"

Janubiy Koreyaning GDAC kriptobirjasi buzib kirildi, natijada xakerlar qiymati 20 milliard vonga (15 million dollarlik) teng turli kriptovalyutalarni o‘g‘irlashgan, deb yozmoqda Ryonxap agentligi.

“Xakerlar Janubiy Koreyaning GDAC kriptobirjasidan qiymati 20 milliard vonga teng kriptovalyutani o‘marishdi”, – deyiladi agentlik tarqatgan xabarda.

Agentlikning ta’kidlashicha, o‘g‘irlangan kriptovalyuta summasi birja omborida saqlanayotgan jami aktivlarning 23 foiziga teng.

Xabarda keltirilishicha, o‘g‘irlik yakshanba kuni amalga oshirilgan. Aktivlarning bir qismi xorijdagi kriptovalyuta birjalariga jo‘natilgani aytilmoqda.

Ayni paytda GDAC kriptobirjasi bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan polisiyani xabardor qilgan.

Kiritildi: 06:31 12.04.2023. O'qildi: 1451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!