Bugun 8 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xamzat Chimayevni yenga oladigan yagona jangchi kim?

Xamzat Chimayevni yenga oladigan yagona jangchi kim?

Amerikalik UFC jangchisi Shon Striklend o‘rta vazn chempioni Xamzat Chimayev haqida gapirdi.

“Men keyingi safar deylik, Ernandesga qarshi oktagonga chiqmoqchiman. Bu meni chempionlik jangiga yaqinlashtiradi. U go‘yo amerikalik "Chimayev"... Keyin esa haqiqiy Chimayev bilan jang qilishni istayman. Chechenni yenga oladigan yagona odam — menman. Buni u ham, jamoasi ham yaxshi biladi,” — dedi Striklend "MMA Junkie" portaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Striklend 29 iyun kuni bo‘lib o‘tgan "Tuff-N-Uff" havaskorlar ligasida sodir bo‘lgan mushtlashuv sababli olti oylik diskvalifikasiyani o‘tamoqda.

Kiritildi: 23:42 07.10.2025. O'qildi: 5276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!